Duşanbe aeroportida militsiya zobiti boşqa bir zobitga öq uzib, yaraladi. Hodisa 6 oktabr kuni keçqurun sodir böldi, deya xabar qilmoqda Avesta.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Duşanbe aeroporti IIVB jinoyat qidiruv bölimi xodimlaridan biri öz hamkasbiga qarata öq uzgan. Şu bilan birga, qayd etilişiça, otişma sodir etgan militsiya xodimi mast bölgan.
Tojikiston Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Imomali Umarjoniy şunday hodisa yuz berganini tasdiqlab, öq uzgan politsiya xodimi uşlangani va yaralangan xodim şifoxonada ekanini ta'kidlab ötdi.













