Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) poytaxtning Sergeli tumanida qizlar zo‘rlangani haqidagi xabarni rad etdi, bu boradagi ma'lumot noma'lum shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Shu kabi xabarlar kuni kecha Telegram messenjeridagi guruhlarda paydo bo‘la boshladi. Ularda bildirilishicha, Sergeli tumanida to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz zo‘rlangan, so‘ng o‘ldirilgan.

Uning muallifi ota-onalarni hushyor bo‘lishga undagan. IIBB bu xabarni darhol rad etdi.

«Bu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yil Toshkent shahrida voyaga yetmaganlarni zo‘rlash bilan bog‘liq birorta ham jinoyat qayd etilmadi», - deya qayd etib o‘tishgan IIBBdan.