Indoneziyaning Palu şahri Balaroa va Petobo tumanlarini zilzila natijasidagi vayronagarçilik asoratlari sun'iy yöldoşdan olingan tasviri tarqaldi. Indoneziya tabiiy ofatlarga qarşi kuraşuvçi Milliy kengaşining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça rahbari Sutopo Purvo Nugroxo Instagram'da uşbu video bilan bölişdi. 

Tabiiy ofat gruntning siljişiga olib keldi. Şiddatli tezlikdagi loy oqimlari yölda uçragan bino va inşootlar, avtomobillar va daraxtlarni yuvib ketdi. 

Ma'lumotlarga köra, qutqaruvçilar 1763 kişining jasadini vayronalar ostidan qutqarişgan. 5 mingga yaqin kişi dom-daraksiz yöqolgan. 

Hukumat Paluning eng köp jabrlangan hududlarini ommaviy qabrlar deb e'lon qilib, qidiruv işlarini töxtatişga çaqirdi. Zero qutqaruvçilar jasadlarning köpligi bois tif yoki vabo kabi kasalliklar bilan kasallanişi mumkinligi aytilgan.