Bir neça kun avval izsiz yöqolib qolgan Interpol prezidenti Men Xunveyning rafiqasi Greys Menning ta'kidlaşiça, eri yöqolişi oldidan unga piçoq surati ilova qilingan xabar jönatgan. Bu haqda WDAM7 naşri ma'lum qildi. 

Ayolning Lionda jurnalistlarga ma'lum qilişiça, uning fikriça eri 25 sentabrda jönatgan surat orqali xavf ostida ekanligini ma'lum qilmoqçi bölgan. Ayolning aytişiça, eri suratni yuborişidan 4 daqiqa avvalroq “Qönğiroğimni kut” degan yozuvli xabar jönatgan. Greys Menning aytişiça, şundan keyin eri bilan aloqa uzilgan va u qayerdaligini bilmaydi.

Xitoy tomonining ma'lum qilişiça, Xitoyda jamoat xavfsizligi vaziri örinbosarini egallovçi Men Xunvey qonunni buzişda ayblanmoqda va unga nisbatan tergov olib borilmoqda.