Qirğiziston madaniyat, axborot va turizm vaziri Sulton Jumagulov 59 yoşida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi vakiliga asosan xabar bermoqda.

«Madaniyat, axborot va turizm vaziri Sulton Jumagulov bugun tunda hayotdan köz yumdi», - dedi u.

Ta'kidlanişiça, u onkologik kasallik bilan uzoq vaqt davomida kuraşib kelgan.

Şuningdek, Jumagulov respublikada taniqli jurnalistlardan biri bölgani aytiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston sobiq prezidentlarining daxlsizligi haqidagi qonun konstitutsiyaga zid deb topilgandi.