Facebook ijtimoiy tarmoği displeylar lineykasi bilan bozorga çiqmoqda. Kompaniya özining ilk gadjyetini  namoyiş qildi, unda videoqönğiroqlarni amalga oşiriş mumkin.

Qurilma ikki xil variantda taqdim etildi. Birinçisi Portal nomini olgan bölib, 1280x800 pikselli 10 dyuymli ekranga ega. Ikkinçisi — Portal+ esa 1920x1080 pikselli 15 dyuymli ekran bilan ta'minlandi.

Foto: TechCrunch
Foto: TechCrunch

"Ikki model ham hayotingizdagi muhim insonlarni yanada yaqinda his qilişga  yordam beriş va videoçatlarni videoqönğiroqlar emas, köproq xuddi bir xonada suhbatlaşayotgandek tasavvur hosil qiliş uçun işlab çiqilgan", - deya ma'lum qiladi işlab çiqaruvçi. 

Foto: TechCrunch
Foto: Facebook

Gadjyet "aqlli" kamera yordamida suhbatdoşga muayyan joyga boğlanib qolmasdan muloqot qiliş imkonini beradi. Kamera harakatlarni avtomatik ravişda kuzatadi va suhbatdoşni diqqat markazida uşlab turadi. "Aqlli" tovuş texnologiyasi fondagi şovqinni kamaytiradi va suhbatdoşning displey bilan oradagi masofasi qança bölişiga qaramay, avtomatik tarzda tovuş sifatini yaxşilaydi.

Foto: Facebook
Foto: Facebook

Qurilma Facebook Messenger'dagi suhbatdoşlar bilan muloqot qiliş imkonini beradi, hatto ularda bunday gadjyet yöq bölsa ham. Ular Messenger örnatilgan telefon va planşetlar yordamida muloqot qilişlari mumkin. Qurilmalar bir vaqtning özida yetti nafargaça bölgan kişilarning guruh qönğiroqlarini ham qöllab-quvvatlaydi.