Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Rişton tumanida ötkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A.ning xonadoni xizmat iti yordamida tekşirilganda, devor orqasidagi makkapoyalar orasida bir tup naşa ösimligi yetiştirilayotgani ma'lum böldi.  

Foto: Farğona viloyati bojxona boşqarmasi

Şuningdek, uydagi xonalarning biridagi tamaki qutisida dori qoğoziga örab joylangan hamda poyabzal qutisidagi sellofan paketga örab joylangan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Foto: Farğona viloyati bojxona boşqarmasi

Ötkazilgan tadbirda jami 6 gramm “marixuana” va bir tup naşa ösimligi aşyoviy dalil tariqasida olindi. 

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining bildirişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.