15:10 / 09.10.2018
14217

OAV: Skripallar ishi bo‘yicha ayblanuvchi qishloqda DJ bo‘lib ishlagan

Foto: RT / TASS

Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlash bo‘yicha ish yuzasidan gumon qilinayotgan, G‘arbiy ommaviy axborot vositalari versiyasiga ko‘ra, haqiqiy ismi Aleksandr Mishkin bo‘lgan Aleksandr Petrov Arxangelsk oblastidagi Loyga qishlog‘ida mahalliy DJ bo‘lib ishlagan. Bu haqda «Bi-bi-si» rus xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Mishkinni Loyga qishlog‘ida yashovchilar, xususan, u bilan birga bitta maktabda ta'lim olgan Denis Krasnov va qishloqdan ancha avval ko‘chib ketgan Marina Chobanu tanib qolishgan.

Buyuk Britaniya politsiyasi Aleksandr Petrovning «haqiqiy ismi»ni e'lon qilgan OAV xabarlariga izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Solsberidagi zaharlash bilan bog‘liq holatda gumonlanayotgan «Aleksandr Petrov» GRU zobiti Aleksandr Mishkin bo‘lib chiqqani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top