Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antiradar bilan "yashil yo‘lak"dan o‘tolmadi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida navbatdagi bojxona qonun buzilishi holati aniqlandi.
“Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Yo.S.ning bezovtalanishi bojxonachilarning e'tiborini tortdi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati. Fuqaro “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlari bo‘lim xodimlari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va yozma ravishda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 240 dona antiradar qurilmalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025