Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Haydar Aliyev Madaniyat Markazi tashkiliy ko‘magida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan GRBS® xalqaro o‘quv va imtihon markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

.jpg&w=1200&q=75)

Marosimida Ozarbayjon Respublikasining Yurtimizdagi elchisi Huseyn Guliyev va xalqaro o‘quv va imtihon markazi rektori Bahrom Qurbonov ham ishtirok etdi.



Ochilish marosimida markaz rektori tomonidan xalqaro o‘quv va imtihon markazi, uning faoliyati bo‘yicha mehmonlarga ma’lumot berildi. Shundan so‘ng GRBS® bo‘ylab qiziqarli sayohat tashkil etildi.


GRBS® 2005 yildan buyon faoliyat yurituvchi Ozarbayjonning ta’lim va ma’naviyat-axborot markazi bo‘lib, ASSA, NEBOSH, PMI, Pearson VUE, Kryterion, CiSCO Academy, ETS, Prometric, Kryterion, BSI, CiSCO, MICROSOFT kabi nufuzli kompaniyalar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.

.jpg&w=1200&q=75)















