Jahon | 10:59 / 09.10.2018
21585
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada qurol-aslaha ombori portladi. O‘n mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Foto: AP

Chernigov oblastining Ichnyansk rayonida qurol-aslaha ombori portladi, deb xabar berdi Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati.

Yong‘in va portlashlar sababli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Hodisa joyidan 20 km radiusda parvozlar, temir yo‘l va avtomobil transporti harakati to‘xtatilgan.

Hozircha halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Yong‘inni o‘chirish uchun tezkor shtab tashkil qilingan.

Ukrainada 2017 yilning martida ham qurol-aslaha omborida yong‘in sodir bo‘lgandi – mudofaa vazirligining Balakleyadagi omboriga o‘t ketgandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 243ta bino zararlangan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid