Qozog‘istonning Jambul oblastida mahalliy fermerlardan biri tomonidan qul qilib ishlatilayotganidan shikoyat qilgan o‘zbekistonlik oilaning o‘zi qonundan tashqarida deya e'tirof etildi, deb yozmoqda ktk.kz.
Er-xotinning so‘zlariga ko‘ra, ular yarim yil mobaynida tekinga, fermada kaltaklanib ishlatilgan. Bunday zulmga chiday olmasdan, er va xotin bu ko‘rgulikni sut sotuvchiga so‘zlab berishgan. U esa jurnalistlar huzuriga yo‘l olgan.
Tuymekent qishlog‘idagi oddiy sut sotuvchi e'tibor qilmaganida bu voqeadan barcha bexabar qolardi. U mahalliy fermer ayolning qo‘lida o‘zbekistonlik er-xotin quldek ishlayotilayotganini jar soladi. Er-xotin Sharipovlar ham buni tasdiqlaydi: ular yarim yildan buyon mollarni tekin boqib, sog‘ib kelishgan. Ular bir necha bor qochishga urinishgan, biroq barchasi samarasiz yakunlangan.
Rasuljon Sharipov:

— Xotinim ikkimizni kaltaklashdi. 25 avgust kuni kaltak bilan urishdi. Barchasiga bizning qochib ketganimiz tufayli go‘yoki mollardan ayrimlari yo‘qolgani sabab qilib ko‘rsatildi.
Sharipovlar bu yerda avval ham ishlashgan. Biroq hammasi qonuniy bo‘lgan. Bu yil esa ferma egalari vahshiylashib ketgan. Ularning hujjatlarini olib qo‘yishgan, maosh o‘rniga — kaltaklash, uylariga — farzandlariga qo‘ng‘iroq qilishga ham qo‘yishmagan.
Rasuljon Sharipov:
— Mening voyaga yetmagan ikki farzandim bor, kattasi 15 yoshda. Qariya onam ham bor. Ularning ahvoli nima kechayotganini bilmayman. Men hattoki nima qilishimni ham bilmayman. Hech kim bizga yordam beray demaydi.
O‘zlarining qullar kabi ahvolidan gapirishga Sharipovlar oilasi darhol jazm qilishmagan. Aytishlaricha, hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishidan umid qilishgan. Lekin ahvol shu darajaga borib yetganki, er-xotin qochib ketolmasligi uchun ayolni uydan chiqarmay qo‘yishgan. Bunday hayotdan charchagan erksizlar mahalliy sut sotuvchiga arz qilishgan, u esa bularning dardini jurnalistlarga yetkazishgan. Alal-oqibatda fermani politsiyachilar bosdi:

— Bu yoqqa keling, ismingiz nima?
— Pasportni qayerdan topib beraman sizga? Uyda hech kim yo‘q deb tushuntirdim-ku? Ularning barchasi to‘yga ketishgan, hech kim yo‘q.
















