Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) doirasidagi jang vaqtida Habib Nurmagomedovga murojaat qilgan. Twitter’dagi bir guruh foydalanuvçilar jangçilarning muloqotidan lablar harakati orqali bilib qolgan. Ular irlandiyalik uzr söragan, degan xulosaga kelişdi.
Muxlislar fikriga köra, Makgregor uçinçi raund oxirida Nurmagomedovga şunday sözlar bilan murojaat qilgan: «It's only business» («Bu faqat biznes»). Öz navbatida, Nurmagomedov şunday javob bergan: «I guess so» («Menimça, bu şunaqa»).
«Boy berilgan raunddan keyin Makgregordan «bu şunçaki biznes», degan sözlarni eşitiş kulgili. Sen masxaraboz va irqçisan, seni yaxşilab döpposlaşdi!», - deya yozgan Ty LaBarge taxallusli foydalanuvçi.
«Şubhasiz, Konor Makgregor jang vaqtida Habibdan uzr söradi», - deya hisoblaydi Mr. Gonzales.
«Makgregordan özini döpposlaşayotgan vaqtda biznes haqidagi sözlarni eşitiş qiziq. Afsuski, Meyuezer bilan sahnalaştirilgan jang va pullar bu odamni rağbatdan mahrum qildi. Bu açinarli, sababi uni kuzatiş qiziq edi. Konor endi xavf emas, top jangçi emas. U tugadi», - deya yozgan J M R.
Eslatib ötamiz, avvalroq WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Nurmagomedov va Makgregor jangidan keyingi muştlaşuvni fojia deb atagandi.













