AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilişiça, Vaşington Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning Pungeri yadroviy poligoni buzib taşlanganini tasdiqlaş uçun inspektorlarni KXDRga kiritişga tayyor turganligini ma'qullaydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Kim Çen In «işçi guruhlarga körsatma berişga» kelişib oldilar.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Pungerini buzib taşlaş jarayonida faqat jurnalistlar qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoga Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuvga öz tarjimonini olib boriş taqiqlangani haqida xabar berilgandi.