Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedov öğlini Konor Makgregor bilan jangdan söng sodir bölgan hodisa uçun jazolamaslikka qaror qildi, deya xabar beradi TASS.

Nurmagomedov Makgregorni böğiş usuli bilan taslim etdi. Jangdan söng, rossiyalik jangçi oktagondan taşqarida muştlaşuv uyuştirdi. Bunga uning otasi öğlini UFC’dan ham qattiqroq jazolaşi haqida ma'lum qilgandi.

«Bizda jahon, olimpiya çempionlari, klub prezidentlari, vitse-prezidentlaridan iborat bölgan sport faxriylari töplandi. Ular ötirib, yuz bergan hodisa ustida boş qotirişdi, aqlli odamlar unga yuz bergan voqeani eslatmaslik kerakligini aytişdi. Men köpçilik bilan rozi böldim. Habib bilan uçraşganimizda, bir-birimizga qaradik, bu mavzu haqida gaplaşmadik», - deya ma'lum qildi katta Nurmagomedov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov va Makgregor jangidan keyingi muştlaşuvning aniq sababi aytilgandi.