16:11 / 10.10.2018
17251

Ronaldu «Real» va UYeFAni o‘ziga qarshi til biriktirishda gumon qilmoqda

Foto: globallookpress

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining ma'lum qilishicha, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi o‘yinlarini boykot qilishga qaror qilgan. U bu haqda  saytidagi kolonkasida yozgan.

Jurnalistning yozishicha, portugaliyalik futbolchi UYeFA hamda sobiq klubi «Real» prezidenti Florentino Peres o‘rtasida kelishuv borligi, Peres futbolchidan o‘ziga xos tarzda qasos olmoqchiligidan gumon qilmoqda.

Ronalduning ishonch bildirishicha, Peres UYeFAning 2017-18 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchini tanlash qaroriga ta'sir ko‘rsatgan.

Natijada, u UYeFAning terma jamoalar uchun yangi turniri - Millatlar Ligasiga boykot e'lon etib, unda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Portugaliya terma jamoasi bu musobaqada 1ta o‘yin o‘tkazdi. Yil oxiriga qadar yana 3ta bahsda ishtirok etishi lozim. Biroq Ronaldu bu bellashuvlarda ishtirok etmaydi.

Futbolchi YeChLning guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida hakam tomonidan chetlatilishi ortida ham Peres turganiga ishonchi komil.

La Repubblica ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi Amerikada Ketrin Mayorga tomonidan o‘ziga qarshi da'vo qayta ko‘tarilishi ortida ham Peresni ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik 34 yoshli Ketrin Mayorga futbolchi Krishtianu Ronaldu uni 2009 yili Las-Vegasda zo‘rlagani haqida ma'lum qilgandi. Xabarlarda ayol bu haqda gapirmasligi uchun o‘sha vaqtda Ronaldu unga 375 ming dollar pul to‘lagani aytildi. Shundan so‘ng AQShda Ronalduga nisbatan tergov boshlandi.

Ronalduning o‘zi unga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etmoqda. Futbolchining fikricha, bu ishlar ortida aynan «Real» va uning prezidenti Florentino Peres turibdi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Ronaldu va Peresning munosabatlari 2017 yil dekabrida, futbolchi soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlashda ayblangan vaqtda buzilgan. Shu holat keyinchalik portugaliyalik futbolchining «Yuventus»ga o‘tib ketishiga ham sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top