Amerikalik senatorlar Ron Jonson va Kris Merfi Vaşingtonga Yevropada Rossiya ta'sirini «sindirişga» yordam beradigan qonun loyihasini taqdim etdilar. Bu haqda Sputnik International xabar bermoqda.
Uşbu taşabbusga köra, Qöşma Ştatlar Yevropa energetika loyihalarini moliyalaştiriş uçun milliard dollar ajratadi. «Biz Şarqiy Yevropada harbiy mudofaa tizimini mustahkamlaş uçun milliardlab sarmoya kiritdik, ammo Rossiyaning energetika böyiça harakatlaridan kelib çiqişi mumkin bölgan xavfli oqibatlarini unutiş kerak emas», - dedi Merfi.
Senatorning sözlariga köra, qonun loyihasi Amerika Qöşma Ştatlarida iş örinlarini yaratişga ham yordam beradi.
Sentyabr oyining oxirida Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning mamlakat «Şimoliy oqim-2» tufayli Rossiyaga energetika masalasida qaram bölib qolişi mumkinligi haqidagi ayblovlariga javob qaytardi. Uning sözlariga köra, gaz quvurining qurilişi siyosiy emas, balki iqtisodiy loyihadir.
«Şimoliy oqim-2» 2019 yil oxirigaça qurilişi kerak. Şu vaqtda «Gazprom»ning Ukrainaga tegişli «Naftogaz» kompaniyasi bilan kelişuvi muddati tugaydi, u uşbu mamlakat hududi orqali gaz tranzitiga aloqadordir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina «Şimoliy oqim - 2» mojarosi tufayli Rossiyaga «B rejasi» bilan tahdid qilgandi.












