Sport | 01:51 / 11.10.2018
17157
4 daqiqa o‘qiladi

Aziz Haydarov: «Terma jamoada katta ijobiy o‘zgarishlar bor» (MTJ mashg‘ulotlaridan videoreportaj)

Ayni paytda KXDR va Qatar terma jamoalari bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlarni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti stadionida olib bormoqda. Navbatdagi tayyorgarlik mashqlariga chiqishdan oldin terma jamoa yarim himoyachisi Aziz Haydarov «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda bo‘ldi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

– Siz braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari qo‘l ostida «Bunyodkor»da to‘p surgansiz. Ektor Kuper argentinalik, ya'ni u ham Janubiy Amerika vakili. Skolari uzoq davom etmagan murabbiylik faoliyati davomida o‘zbek futbolini bir qadam oldinga siljitib, o‘ziga xos iz qoldirgandi. Kuper ham o‘zbek futboliga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb taxmin qila olasizmi?
– Murabbiyning ishiga baho bera olmayman. Negaki, juda oz vaqt o‘tdi. Ammo terma jamoada turli futbolchilarni yig‘ib, sinab ko‘rayotgani juda to‘g‘ri deb o‘ylayman. Chunki ba'zi o‘yinchilar klubida boshqacha, terma jamoaga kelganda umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblayman. 10 yildan ortiq vaqt davomida milliy terma jamoada o‘ynab, o‘z klubida yaxshi emas, ammo terma jamoada ajoyib o‘ynaydigan futbolchilarni ham ko‘rdim.

– Bu Ektor Kuper boshqaruvidagi birinchi yig‘in emas, shundan kelib chiqib yangi bosh murabbiy kelganidan so‘ng o‘tgan vaqt davomida terma jamoada qanday o‘zgarishlarni sezdingiz?
– Hali biron narsa deyish qiyin, lekin ijobiy o‘zgarishlar juda katta deb ayta olaman. Intizom juda kuchli. Hamma narsa o‘z vaqtida. Mashg‘ulotlar xilma-xil. Bu bizga yangidek tuyulyapti. Bundan faqat futbolimiz o‘sadi, deb o‘ylayman.

– Terma jamoaning muvaffaqiyati uchun futbolchilardan birinchi navbatda nima talab etiladi?
– Faqat ishlash kerak. [Natija] faqat murabbiygagina bog‘liq emas. Ruhiy tetiklik, g‘alabaga bo‘lgan iroda futbolchilarimiz ichida ham bo‘lishi kerak. Har bitta o‘yin hayotingdagi eng muhimidek maydonga tushish kerak, deb o‘ylayman. Yurakdan o‘ynash kerak, nima bo‘lganda ham. Milliy terma jamoa uchun o‘ynash kerak. Ana o‘shanda futbolimiz o‘sadi. Ana o‘shanda futbolchilarimiz chetga chiqadi. Qachonki milliy terma jamoamiz ijobiy natijalarga erishsa», - deya ta'kidlab o‘tdi Aziz Haydarov.

Ma'lumot uchun, avvalroq argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning faoliyati va mashg‘ulot jarayonlariga oid ba'zi yangi tafsilotlar e'lon qilingan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlaridan reportaj. Tarkibda o‘zgarishlar bor

Mavzuga oid