Isroildan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshishi kutilmoqda
Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Eddi Shapira hamda O‘zbekistonning Isroildagi turizm elchisi Xay Davidov mamlakat turistik salohiyatini targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida bo‘lishdi. Tomonlar O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari va 2019 yilga rejalashtirilayotgan tadbirlarni muhokama qilishdi.
Isroil tomon O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lum qilish barobarida Ozarboyjon va Gruziyaga turistik oqimni oshirishga doir muvaffaqiyatli keyslarni namoyish qilishdi.
Xay Davidov o‘zbek va isroillik kinematografistlar hamkorligida qisqa videoroliklar va badiiy filmlar olishni taklif qildi. Shuningdek O‘zbekistonda turizmni ommalashtirish uchun Isroilning turli shaharlarida bir necha tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. U O‘zbekistondan chiqqan bo‘lib, O‘zbekistonning Isroildagi birinchi turizm elchisi etib tayinlangan. Shuningdek u Isroildagi Buxoro "Xanda-Xanda" teatri asoschisi hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, 2017 yilda ilk to‘qqiz oyda birinchi marta 2995 nafar isroillik O‘zbekistonga tashrif buyurdi, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 7586 nafarni tashkil qildi. Bu 2018 yilning 10 fevralida Isroil fuqarolari uchun joriy qilingan 30 kungacha muddatga vizasiz rejimning joriy qilinishi natijasidir.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024