Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulyanovskda «Rossiya — sportivnaya derjava» forumi doirasida UFC jangçisi Xabib Nurmagomedov hamda uning otasi Abdulmannop Nurmagomedov bilan uçraşdi.
Putin Xabibni va uning otasini irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozonilgan ğalaba bilan tabriklagan.
Rossiya prezidenti Xabib Nurmagomedov «asosiy vazifani bajargani», buni «işonçli va munosib» tarzda uddalaganini aytib, sportçining otasidan öğlini jangdan keyin muştlaşuv keltirib çiqargani uçun qattiq jazolamaslikni söragan. Bu orqali u Abdulmannop Nurmagomedov Las-Vegasdagi jangdan keyin janjal keltirib çiqargan öğlini jazolamoqçiligini aytganiga işora qilgan.
Nurmagomedov Putin bilan suhbatda UFC böyiça raqiblari «nafaqat sakraşini, balki, jangini ham qadrlaşlari»ga umid qilişini bildirgan. Xabib ba'zi lahzalarda özini nazorat qila olmay qolgani, bunga jang vaqtida unga qarşi bir neça marta provokatsiya qilingani sabab bölganini aytib ötgan.
Rossiya prezidenti bu qasddan qilingani haqida gapirgan.
«Ular ataylab şunday qilişgan, bundan maqsad seni izdan çiqariş va ustunlikni qölga kiritiş bölgan. Ammo mamlakat içkarisida haddan oşmaslik, sakraşlardan saqlaniş kerak. Biz — katta oilamiz. Oilada har narsa bölişi mumkin, ammo taşqaridan hujum bölsa, faqat sen emas, biz barçamiz şunday sakray olamiz, biz ham past ketmaymiz va körsatib qöyamiz», degan Putin.
Şu bilan birgalikda, Putin ikki sportçi yaraşib olişiga umid bildirgan.
«Men sport qadriyatlari hammasidan – maoş va reklamadan ustun bölişiga umid bildiraman. Sizlar sportçilarga xos döstlik va muloqot uçun yöl topasizlar deb umid qilaman», - degan Rossiya prezidenti.
Eslatib ötamiz, 7 oktabr kuni Las-Vegasdagi UFC 229 turnirida yengil vazndagi çempion Xabib Nurmagomedov ikki yönaliş böyiça sobiq çempion bölmiş Konor Makgregorga qarşi himoya jangi ötkazdi va törtinçi raundda raqibni böğiş usulida uşlab, ğalaba qozondi. Jang tugagaç, Xabib Nurmagomedov oktagondan taşqariga çiqib, raqibi tarafdorlari bilan janjallaşdi. Bu vaqtda esa Xabibning tarafdorlari oktagon içiga kirib, Konorga hujum uyuştirdi. Vaziyatga politsiya aralaşib, janjalni bartaraf etdi.
Sport qoidalarini buzgani uçun Xabib Nurmagomedovning 2 million dollarlik gonorari muzlatib qöyildi. Şuningdek, u jarima tölaşi, uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinişi va sovrindan mahrum qilinişi mumkin.














