Jahon | 12:26 / 11.10.2018
9561
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat tez orada o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning bildirishicha, mamlakatda olti oydan so‘ng hokimiyat o‘zgaradi va hozirgi hukmron elitaga to‘lov uchun hisob taqdim etiladi. Bu haqda u feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan. 

Azarovning fikricha, hozirgi paytda mamlakat Bosh prokuraturasi «jinoyatchilar to‘dasi» hisoblanadi, uning a'zolari «aqldan ozgan va turli be'mani narsalarni o‘ylab topish bilan shug‘ullanishmoqda».

«Hokimiyat vakillari o‘tgan yillar davomida katta ishtiyoq bilan yo‘q qilganlarning bari esa, Ukraina xalqiga ularga barcha jinoyatlari uchun hisob taqdim etishda yordam beradilar», - deya ma'lum qildi Azarov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qrim bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Bosh assambleyasiga kiritmoqchi ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid