O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga quyidagi o‘zgartish kiritildi:

27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi «mazkur fuqarolarga, ularning oila a'zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga» degan so‘zlar «mulkdorlarga» degan so‘z bilan almashtirildi.

Uy-joy kodeksining 27-moddasida shunday deyilgan: Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turar joy bilan ta'minlash.

Endilikda, fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a'zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga emas, balki faqat mulkdorlarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. 

Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquq berilgan paytdan e'tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim.

Uy-joy kodeksi 28-moddasi quyidagicha tavsiflanadi: Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish.

O‘zgartish bilan yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda,