AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiya rasmiylarini barça qölga olingan amerikalik fuqarolarni ozod qilişga çaqirdi. Bu haqda u amerikalik pastor Endryu Bransonning ozodlikka çiqarilişi fonida tvitterda yozgan.

«Pastor Branson nihoyat oğir sinovlardan söng Amerikadagi uyiga qaytadi... Umid qilamizki, Turkiya hukumati boşqa amerikalik fuqarolar va Davlat departamentining mahalliy xodimlarini ham tez orada ozod qiladi», - deb yozgan Pompeo.

Avvalroq, pastor sud qaroriga köra ozodlikka çiqarildi, u Qöşma Ştatlarga uçib ketdi. Şu bilan birga, matbuotda yozilişiça, Vaşington va Anqara maxfiy kelişuvga erişgan, unda AQŞning Turkiyaga bilan iqtisodiy bosimni yumşatişi nazarda tutiladi.

Turkiya, Endryu Bransonni josuslik va terrorizmda ayblagan.