Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Şu yil 6 oktabr kuni “Köxna şahar” MFYda yaşovçi O‘.Q. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda şu yil 28 sentabr kunidan 5 oktabr kunigaça bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxslar “Ruslan çorvador invest” fermer xöjaligi dala maydonidan 5 boş qoramollarini öğirlab ketganliklarini ma'lum qilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan edi. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni “Özbekiston” MFYda yaşovçi R.Ş. va uning birga yaşovçi öğillari O.Ş. hamda A.Ş. sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.