Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat taşrifi doirasida Fransiyaning Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklariga ixtisoslaşgan nufuzli internet sayti bölmiş «Novastan.org» saytida Özbekistonda yoşlar siyosati va Yoşlar ittifoqining faoliyatiga oid «Özbekiston: Yoşlar mavzusi - Şavkat Mirziyoyev uçun eng dolzarb soha!» deb nomlangan maqola e'lon qilindi.

Maqolada Markaziy Osiyo aholisining yarmini taşkil qiluvçi Özbekiston aholisi demografik jihatdan yoş ekani va şu sababdan ham Özbekistonda «yoşlar siyosati» muhim örin egallaşi alohida ta'kidlangan. Jumladan maqolada şunday deyiladi: «33 million kişi yaşaydigan Özbekiston aholisining taxminan 20 foizi 15-24 yoş atrofidadir. Bu aholining demografik jihatdan yoş ekanligini, şu sababdan davlat yoşlarga oid aniq va samarali siyosat borişi lozim ekanligini körsatadi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 8-9 oktabr kunlari Fransiyaga taşrifi Özbekistonning yoşlarga siyosatini taniştiriş uçun ayni qulay fursatdir».

Şundan keyin maqola sobiq ittifoq davrida Özbekistonda sovetlarning yoşlar siyosati amal qilgani, mustaqillikdan keyin esa «Kamolot» harakati va «Kamalak» taşkilotlari tuzilganini qisqaça eslatib ötadi. Undan söng, «Kamolot» yoşlar harakati samarasiz faoliyat olib borgani va natijada bundan na davlatga, na yoşlarga foydasi bölgani ta'kidlanadi. Şu sababdan 2016 yilda prezidentlikka kelgan Şavkat Mirziyoyev zudlik bilan bu harakatni tugatib, uning örniga 2017 yil 27 iyunda «Yoşlar ittifoqi»ni taşkil qilgani hamda «Kamalak» taşkilotida tegişli islohotlarni amalga oşirgani aytiladi. Bundan taşqari, Özbekistonda maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil qilingani qöşimça qilinadi. Söngra prezidentning taşabbusi bilan Özbekiston yoşlari uçun qilingan işlar sanab ötiladi.

Quyida maqoladan parçani keltiriladi:

«Hozirda Yoşlar ittifoqi va «Kamalak» bolalar taşkiloti jami 10 million nafardan ortiq yoşlarni birlaştiradi. Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşida Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti taşkil etildi...

Dasturlari töliq yoşlarga bağişlanişi uçun «Yoşlar» telekanali aksiyalarining 50 foizi va «Mening yurtim» telekanali aksiyalarining 51 foizi «Yoşlar ittifoqi»ga berildi. Bundan taşqari, yoşlarning muammolari televideniye orqali jonli ekranda muhokama qilinişi uçun «Yoşlar press klubi» ham taşkil qilindi.

Yoşlarning turar-joy bilan boğliq muammolarini hal qiliş maqsadida 2018–2021 yillarda köpqavatli binolar barpo etiş rejalaştirildi. Banklar yoşlarga uy yoki maşina sotib olişlari uçun kreditlar ajrata boşladi. Kengroq doirada esa, Yoşlar ittifoqi Qozoğiston, Rossiya va Xitoy kabi köplab xorij davlatlaridagi yoşlar taşkilotlari bilan hamkorlik qila boşladi. Ittifoqda «Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi» faoliyati taşkil etilib, xorijda işlab yurgan yoki tahsil olayotgan özbekistonlik yoşlar bilan ham aloqalar yölga qöyildi».