Ushbu maqolada inson tanasidagi a'zolarning ajoyib xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Ularni o‘qib, chindan ham inson hali o‘zini to‘liq o‘rgana olmagani anglab yetiladi. Maqola O‘MI Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Ko‘zlar. Bizning ko‘zlarimiz hech qachon burgutniki singari o‘tkirroq bo‘lolmaydi. Biroq insonning ko‘zlari shu qadar sezgirki, agar Yer butunlay tekis bo‘lsa, bizdan 48 kilometr uzoqlikdagi yonib turgan chiroqni ko‘rishimiz mumkin.

Kindik. Kindigimizda butun bir ekotizim mavjud. Biz ularni ko‘ra olmaymiz, ammo inson tanasida bakteriyalar kabi trillionlab kichik organizmlar bor. Aniqroq aytganda, odamning kindigida ko‘plab bakteriyalar mavjud, ular shu qadar ko‘pki, tropik o‘rmon hajmidagi ekotizimni tashkil qilishi mumkin.

Teri. Terimizning o‘sishi hech qachon to‘xtamaydi. Har soniyada 25 million yangi hujayralar ishlab chiqarishimizni hisobga oladigan bo‘lsak, bizning terimiz doim yangilanib turadi. Odamlar umri davomida 18 kilogramgacha terini yo‘qotishadi.

Tuk. Tabiatda mutlaqo tuksiz odam yo‘q. Har bir insonning, shu jumladan, ayollar tanasining ham har bir kvadrat santimetri tuk bilan qoplangan. Ammo u tuklar juda qisqa, yengil va nozik bo‘lgani uchun ularning aksariyatini oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.

O‘pka. Bizning o‘pkamizda 1609 km uzunlikdagi kapillyar (mayda qon tomirlari) mavjud. Agar o‘pkamizdagi 300 000 000 kapillyar boshidan oxirigacha cho‘zilsa, AQShning Sietl shahridan San-Diyego shahrigacha yoki taxminan 1609 km chiziq bo‘ylab cho‘zilishi mumkin.

Hujayralar. Bizning hujayralar hech qachon shakllanishdan to‘xtamaydi. Hujayralar tananing qurilish bloklaridir. Har soniyada inson tanasi 25 million yangi hujayra ishlab chiqaradi. Taqqoslash uchun, tanamiz har 13 soniyada Qo‘shma Shtatlar aholisi sonidan ko‘proq hujayra ishlab chiqaradi.