Yengil vaznda Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovning amakisi Aleks sözlariga köra, irlandiyalik Konor Makgregor jiyaniga revanş uçun 15 million dollar taklif qilgan.
«U Habibga qiziq emas. U heç qanday pul uçun u bilan jang qilmaydi. Ha, men ular unga revanş taklif qilişayotganini bilaman. Ular boşlanişidayoq 15 millionlik taklif bilan çiqişdi. Lekin Habib «yöq» dedi. Konor navbatga tursin, boşqalar bilan jang qilsin. Habib esa Fergyuson bilan jang qilişni istaydi, keyin öz faoliyatini tugatmoqçi», - deya Aleks Nurmagomedovning sözlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
6 oktabrda ötkazilgan jangida Nurmagomedov törtinçi raundda Makgregorni mağlubiyatga uçratib, yengil vaznda UFC çempioni kamarini himoya qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qilgandi.













