Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma'lumotiga köra, dunyoda har 40 daqiqada bir marta suiqasd sodir etiladi, 1 yilda qurbonlar soni million nafardan oşadi.

E'tiborli tomoni, suiqasd holatlari aholi yaşaş darajasi past mamlakatlarda köproq kuzatiladi. Joriy yilda JSST öz joniga qasd qiliş darajasi eng yuqori 10ta davlat röyxatini tuzib çiqdi. Aniqlandiki, qöşni Qozoğiston uşbu röyxatning 4-poğonasida joylaşgan, Markaziy Osiyo böyiça röyxatda esa Özbekiston Qozoğistondan keyingi ikkinçi örinda bormoqda.

Öz joniga qasd qilganlarning asosiy qismi 14-19 yoşdagi öspirinlar hissasiga töğri keladi. Köplab davlatlardan farqli ölaroq, Qozoğistonda yoş avlodning öz joniga qasd qiliş holati har yili avvalgi davr bilan taqqoslaganda 23 foizga oşib bormoqda. Maktabdagi bezorilik, qörqitiş va qiynoqqa soliş bu holatlarning asosiy sabablari bölmoqda. Ajablanarli tomoni, öz joniga qasd qilayotganlarning 70 foizi soğlom bölib, ularning aksariyati qişloqlarda yaşagan.

Xöş, Qozoğistonda ösmirlar orasida suiqasd nega keskin sur'atlarda ösib bormoqda?

Oila va öqişdagi muammolardan taşqari, OTMlarga kiriş imtihonlari ham odam bolasini tuşkunlikka solib qöyadi. Ta'lim tizimi muammolari bilan şuğullanuvçi «Ұlag‘atty janұya» jamoat fondi prezidenti Marianna Gurinaning fikriça, imtihonda inson psixikasiga mos kelmaydigan qiyin savollar berilişi ösmirlar suiqasdiga eng köp sabab bölayotgan omillardan biri hisoblanadi.

Özbekistonda esa 1990-2016 yillar davomida ösmirlar ölimi ikki baravar (400 nafar) oşdi. 2018 yilning 4 oyida 153 nafar ösmir öz joniga qasd qilgan. Qörqinçli va xavotirli statistika. Tabiiyki, savol paydo böladi: katta hayot ostonasida turgan öspirinning bunday oğir gunohga qöl urişiga nima sabab bölmoqda? Uni qanday muammolar qiynamoqda?