Jahon | 09:16 / 17.10.2018
1689
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yil uchun Buker mukofoti shimoliy irlandiyalik adibaga topshirildi

Foto: Frank Augstein / Pool / Reuters

2018 yil uchun Buker mukofoti sovrindori shimoliy irlandiyalik yozuvchi Anna Berns bo‘ldi. Mukofot hay'ati uning “Milkman” romanini eng yaxshi asar deb topdi. Bu adibaning uchinchi romani hisoblanadi.

Joriy yilda mukofot uchun yana 5 nafar yozuvchi kurash olib bordi. Bular: britaniyalik Deyzi Jonson “Everything Under” romani va Robert Robertson “The Long Take” asari bilan; amerikalik Reychel Kushner “The Mars Room” romani va Richard Pauers “The Overstory” romani bilan hamda kanadalik Esi Edugyan “Washington Black” asari bilan.

Bernsning romanidagi voqealar Shimoliy Irlandiyadagi ixtilof vaqtida yuz beradi. 

Adiba 1962 yilda Belfastda (Shimoliy Irlandiya) tug‘ilib, 1987 yilda Londonga ko‘chib o‘tgan. Uning ilk romani “No Bones” 2001 yilda yilning eng yaxshi mahalliy romani uchun Buyuk Britaniya qirollik adabiyot jamiyati tomonidan topshiriladigan Uinifred Xoltbi memorial mukofoti bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid