Olimlar 37 gektar maydonni egallagan Miçigan tönka qöziqorinini aniqlab, kök kitni sayyoramizdagi eng katta jonzot nomidan “mahrum qilişdi”.
Amerikalik olim Metyu Taub Miçiganning Yuqori yarimorolida ösuvçi Miçigan tönka qöziqorinining ulkan tanasini tahlil qilib, u yoş va ölçami böyiça bungaça hisoblab kelingandan ança kattaligi haqidagi xulosaga keldi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, örganilgan qöziqorin tanasi yer ostida yaşirilgan bölib, 37 gektar maydonni egallaydi va oğirligi 400 tonnaga yaqinni taşkil qiladi. Uning yoşi esa 2,5 ming yilni taşkil qilişi mumkin.
Kök kitning uzunligi 30 metrga, oğirligi esa 100 tonnagaça yetişi mumkin.

















