Rossiyaning Novosibirsk şahri Leninskiy tuman sudi ijtimoiy tarmoqda «Kök kit» (Siniy kit) deb nomlangan «ölim guruhi» yaratuvçisi Ilya Pogiblovni 9 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Sud hukmi bilan I.V.Pogiblov aybdor deb topildi... unga elektron va/yoki axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, internet tarmoğidan foydalangan holda veb-saytlarni boşqariş faoliyati bilan şuğullanişni 4 yilga taqiqlaş şarti bilan 9 yilga rejimi kuçaytirilgan koloniyada jazoni ötaş tayinlandi», deyiladi xabarda.
Sud Ilya Pogiblov «boşqa odamlarning ölimidan patologik manfaatdor bölib», Internet orqali çeksiz miqdordagi odamlarni, şu jumladan voyaga yetmaganlarni öz joniga qasd qilişga undaşga qaratilgan faoliyatni taşkil qilgan va boşqargan, ya’ni «Kök kit» jamoat kanalini yaratgan, deb topdi. Şuningdek, u ösmirni jinoiy faoliyatga jalb qilganlikda aybdor deb topildi.
Novosibirsk viloyati sud departamentining tuşuntirişiça, Pogiblov tomonidan taşkil etilgan guruh messenjerlar orqali ehtimoliy jabrlanuvçilarni öz joniga qasd qilişga tayyorgarlik köriş uçun zarur bölgan vazifalarni bajarişga, xususan, öziga hayot uçun xavfli bölgan tan jarohati yetkazişga undagan va işontirgan.
«Biroq Pogiblov I.V. va boşqa şaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgani sababli öz joniga qasd qilişga yönaltirilgan niyatini oxiriga yetkaza olmadi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Pogiblov sud majlisida öz aybiga töliq iqror bölgan. Hukm hali kuçga kirmagan.
«Kök kit» öyini Rossiyada 2015 yilda paydo böldi va qisqa vaqt içida öyin domiga tuşgan 130 nafarga yaqin bola öz joniga qasd qildi.
«Kök kit» öyini 2017 yilda Özbekistonda ham tarqaldi. Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilgan tadbirda 31 ta maktab va 5 ta kollej öquvçilari uşbu öyin iştirokçisi ekani aniqlandi.
Keyinçalik, Samarqand transport prokuraturasi tomonidan öz joniga qasd qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida «Kök kit» öyiniga qarşi tarğibot tadbirlari

















