Rossiyaning eng katta qöziqorin işlab çiqaruvçisi—«Yug Rusi» agrosanoat korxonasi Özbekistonda qöziqorin yetiştirişda foydali ma'lumot, ilmiy-texnikaviy kömak körsatişga tayyorligini bildirmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
6 mart kuni Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Sergey Levin iştirokida qişloq xöjaligida hamkorlik masalalari böyiça tuzilgan qöşma işçi guruhning ikkinçi yiğilişida bir qator masalalar muhokama etilgan.
«Özbekiston tomoni tajriba-sinov tariqasida mamlakatning 9ta hududida qöziqorin yetiştiriş uçun yer-maydon ajratişni taklif qildi», — deyiladi vazirlik axborotida.
Ma'lum qilinişiça, tomonlar kuzgi va bahorgi qöziqorin navlarini tajriba-sinov tariqasida yetiştirişga kelişib olgan. Natijaga qarab, kelgusi yil uçun yer-maydon ham tanlanadi.
«Yug Rusi» 1992 yilda, dastlab, un mahsulotlarini işlab çiqariş va eksport qiliş bilan şuğullanuvçi korxona sifatida faoliyatini boşlagan. Ayni paytda korxona pista yoği işlab çiqarişda ham katta tajribaga ega.

















