Yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan, dunyodagi eng katta jonzot hisoblanuvçi kök kit oxirgi 40 yil içida birinçi bor öldirildi. 30 metrlik kit Islandiyaning eng boy odamlaridan biri Kristyan Loftssonga tegişli kit ovlovçi Hvalur HF kompaniyasi tomonidan uşlanib, öldirilgan.
Internetda kit ovlovçi kompaniya xodimlari kitning ustiga navbatma-navbat çiqib suratga tuşayotganlari videosi joylaştirilgan.
Loftssonning ta'kidlaşiça, uning xodimlari kök kitni emas, balki Islandiyada ovlanişi man etilmagan fin kitini tutişgan.
“Biroq agar bu haqiqatan kök kit bölsa, unda ular uni tasodifan öldirişgan”, deb aytgan tadbirkor.
Foto va videolarni közdan keçirgan biologlarning ta'kidlaşiça, aynan kök kit öldirilgan. Ularning aytişiça, öldirilgan kitning belida kök kitga xos bölgan oq doğlarni köriş mumkin. Bu masaladagi yakuniy nuqtani Islandiya mutasaddi idoralari qöyadilar. Ular kitni genetik tekşiruvdan ötkazişni buyurtirişgan va bu bir neça oy talab qilişi mumkin.

1986 yildan boşlab kök kitlarni ovlaş barça davlatlarda noqonuniy hisoblanadi. Bunday taqiqlovga ularning beayov yöq qilinişi sabab bölgan. Antarktika suvlarining özida 20-asrda 360 ming kök kit yöq qilingan.
Bugungi kunda uşbu jonzotlardan 10 mingdan 25 minggaça bor, deb taxmin qilinadi.
Kök kit sayyoramizdagi eng ulkan jonzot bölib, uning uzunligi 33 metrgaça, oğirligi 150 tonnagaça yetadi.


















