Avvalroq, Kun.uz Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jinoyat olami vakillariga taqlid qiluvchilar haqida ma'lumot paydo bo‘lganini xabar bergandi.

«Hozirgi vaqtda Toshkent ko‘chalarida yana o‘g‘rilar harakati rivojlanmoqda. Eng yomoni, bu harakat maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari orasida mashhur bo‘lib ketmoqda. O‘ziga xos o‘yin paydo bo‘ldi - «O‘g‘ri hayoti». «Chilonzorliklar» va «Yunusobodliklar» kabi guruhlar o‘z a'zolari va hatto jargonlariga ham ega», - deya ta'kidlab o‘tdi foydalanuvchilardan biri Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida.

IIBB xodimlari post muallifi tomonidan suratlari joylashtirilgan o‘smirlarni topishdi, ular va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi, deya xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

«Shunday qilib, barcha o‘smirlar aslida post muallifi nazarda tutgan, tort yoki devordagi suratda nima bo‘lishi mumkinligini «chuqur» tushunishmagan. Ular bir-birlari bilan tanish emaslar: kimdir Uchtepada, boshqalari Olmazor tumanida yashaydi. O‘smirlar o‘z harakatini «sho‘xlik» deb atashdi, bu «o‘g‘rilar dunyosining romantikasi» haqida ko‘p filmlar ko‘rib yuborgan bolalarga xosdir. Ba'zi darajada bolalar o‘zlari uchun noto‘g‘ri qahramonlarni tanlaganida ularning yaqinlari ham aybdordir. Bolalarning ota-onalari buni tan olishdi: «O‘g‘lim bilan suhbatlashishga, nima bilan qiziqishini bilishga, qanday filmlarni tomosha qilayotganini aniqlashga vaqt yo‘q edi», - deydi ularning otalari. Ammo, qo‘shimcha qilishganki, farzandlari, umuman olganda, ijobiy, oddiy bolalar, ularning do‘stlari esa jinoiy dunyodan», - deyiladi IIBB xabarida.