Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun konsepsiyasi ishlab chiqildi
Davlat investitsiya qo‘mitasi ekspert va ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlikda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun” konsepsiyasini ishlab chiqdi.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun”investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solishda asosiy normativ-huquqiy hujjat vazifasini o‘taydi.
Investitsiya qonunining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solinib turilishini takomillashtirish;
- investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini optimallashtirish va huquqiy jihatdan tartibga solish;
- investitsiya faoliyatini tartibga solish ustuvorliklarini belgilash;
- tushuncha apparatini tizimlashtirish;
- investitsiya qonunchiligida qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va kolliziyalarni hal qilish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
- investitsiya faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish monitoringi tizimini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
- investitsiya faoliyatini rivojlantirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;
- investitsiya faoliyati sub'yektlarini huquqiy jihatdan himoya qilinishini mustahkamlash.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024