Joriy yilning 17 oktabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylaşgan “N”-harbiy qism inşootlari qaytadan ta'mirlanib, sport-soğlomlaştiriş maskani va madaniyat saroyi qurilib, foydalanişga topşirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Qaşqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marosimda viloyat hokimi Zafar Röziyev iştirok etdi va sözga çiqdi. Tadbirda sözga çiqqan viloyat hokimi Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida harbiy sohada va unda xizmat qilib kelayotganlarning oila a'zolari uçun yaratilgan şart-şaroitlar xususida söz yuritdi. Şuningdek, u harbiy qismda quriliş işlarini olib borgan taşkilotlar raxbarlari hamda quriş va ta'mirlaş işlarida iştirok etganlarga minnatdorçilik bildirdi. Tadbirda harbiy qism harbiy xizmatçilari uçun viloyat hokimligi nomidan 15 ta kompyuter jamlanmasi sovğa sifatida topşirildi.


Tadbir yakunida viloyat musiqali drama teatri rejissyori Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Isoq Törayev boşçiligida harbiy qismning foydalanişga topşirilgan madaniyat saroyida “Ta'zim qil” deb nomlangan konsert dasturi namoyiş etildi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri















