Turkiyadagi Yeni Şafak nashri xabariga ko‘ra, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining qotilligida gumon qilinganlardan biri Ar-Riyodda yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylandi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari leytenanti bo‘lgan Meshal Saad al Bo‘stoniy Turkiyaga 2 oktabr kuni yana 14 nafar saudiyalik harbiy bilan tashrif borgandi. Bu guruh Istanbuldagi konsulxonada Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotgandi.
Hozirda al Bo‘stoniy qayerda va qanday holda YTHga uchragani haqida xabar yo‘q.

© AFP 2018 / Sabah Newespaper
Amerikadagi Washington Post gazetasi uchun maqolalar yozgan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Turkiyada, Saudiyaning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kirganidan keyin g‘oyib bo‘lgan. Jurnalistning qaylig‘i so‘zlariga ko‘ra, tashqarida uni 5 soat kutgan, keyin ichkaridagilar u allaqachon ketgani, uni kutish shart emasligi haqida aytishgan.


















