Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi ötkazilmoqda.
Forum doirasida bugun, 18 oktabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori Laziz Tangriyev Rossiya qoğoz sanoati vakili – Penza şahridagi “Mayak Kants” zavodi direktori Sergey Plotnikov bilan uçraşdi.
Uçraşuvda barça sohalarda, şu jumladan, noşirlik va matbaa sohalaridagi töğridan-töğri aloqalar har ikki tomon uçun ham manfaatli ekani ta'kidlandi. Laziz Tangriyev rossiyaliklar bilan Özbekistonga ofset qoğozini olib keliş, Agentlik tizimidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylarida devor uçun gulqoğoz işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça ikki tomonlama uçraşuvlar taşkil etilişi lozimligini ta'kidladi.
Ma'lumot örnida aytiş kerakki, 1850 yilda taşkil etilgan uşbu fabrika qoğoz va qoğoz sanoati sohasidagi qadimgi korxonalardan biri hisoblanadi. “Mayak Kants” zavodi tomonidan bugungi kunda nafaqat içki, balki taşqi bozorga ham maktab daftarlari, umumiy daftarlar işlab çiqaruvçi Rossiyadagi eng yirik korxonalardan biridir.
– Rossiya Federatsiyasi prezidentining yurtingizga davlat taşrifi doirasida ilk bor Özbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumi ötkazilmoqda, – dedi Sergey Plotnikov. – Uşbu tadbirlarga a'lo darajada tayyorgarlik körilganini, özbek xalqining mehmondöstligini Özbekistonga qöygan ilk qadamda, ya'ni aeroportdayoq his etdim. Buning uçun Özbekiston rahbariyatiga, özbek xalqiga alohida minnatdorlik bildiraman. Öylaymanki, mamlakatlarimiz örtasida döstlik-birodarlik, hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.

















