Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday klubi yiğilişida Kerçda yuz bergan fojia globallaşuv oqibati ekanligini aytdi.   

“Ijtimoiy tarmoqlar, internetda butun hamjamiyatlar taşkil etilganini körmoqdamiz, barçasi AQŞdagi maktablardagi fojiali hodisalardan boşlangan”, deb aytgan Putin. 

Uning aytişiça, internetda yoşlar uçun kerakli kontent juda kam yaratiladi.  

“Beqaror psixikaga ega yoşlar özlariga qandaydir soxta qahramonlarni yaratadilar. Bu biz barçamiz, nafaqat Rossiya, balki butun dunyoda jahondagi özgarişlarga tegişliça javob bermayotganimizni anglatadi. Bu yoşlar uçun foydali, qiziqarli va kerakli kontent kam yaratişimizni anglatadi. Şunday bölgandan keyin ular yolğondakam qahramonlikni ilib oladilar”, deb ta'kidlab ötgan Putin.   

17 oktabrda Kerç politexnika kollejining 4-bosqiç talabasi kollejda bomba portlatib, otişma sodir etgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, fojia oqibatida 21 kişi, jumladan 16 talaba va 5 xodim halok bölgan, 50 dan köproq odam jarohat olgan.