“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida respublika fond birjasi aksiyalarining sotuvga çiqariş jarayonini takomillaştiriş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, fond birjasida qimmatli qoğozlarning tezkor savdo tizimi qöllanib kelinmoqda. Bu tizimda savdoga qöyiladigan qimmatli qoğozlar, ular haqida ma'lumotga ega broker tomonidan sotuvga çiqarilişi bilanoq savdo amalga oşiriladi.

“Taklifim şundan iboratki, Fond birjasida savdolar quyidagi tartibda bölişi lozim: soat 09:30 dan 10:50ga qadar sotuvga qöyiş böyiça arizalarni kiritiş, 11:00dan 15:00 ga qadar sotib oliş amalga oşirilişi lozim. Bunda soat 15:00 ga qadar aksiyalarni eng yuqori narx taklif qilgan şaxsga sotiş amaliyotini qöllaş lozim. Bunday tizim Özbekiston Respublikasi Tovar xom-aşyo birjasida qöllanilmoqda va yaxşi natija bermoqda. Birjada barça iştirokçilarga teng imkoniyat yaratiş kerak. Hozirgi savdo tizimida esa aksiyalar savdoga çiqişini oldindan bilgan brokerning aksiyalarni sotib olişdagi imkoniyati köproq bölmoqda. Uşbu amaliyotni qöllaş aksiyalarni aniq bozor qiymatidan kelib çiqqan holda halol va haqqoniy xarid qiluvçi ixtiyoriga ötişiga, aksiyalar qimmatroq narxda sotilişiga sabab böladi. Şuningdek, qimmatli qoğozlar egalarining birjadan taşqari kelişib olib savdo ötkazişining ham oldi olinadi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Eslatib ötamiz, avvalroq köp yillik daraxtlarni köçmas mulk deb hisoblaş taklif qilinayotgani xabar berilgandi.