“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida köp yillik daraxtlarni köçmas mulk deb hisoblaş hamda ularning davlat kadastrini yuritiş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, daraxtlarni noqonuniy kesilişdan himoya qiliş maqsadida har bir manfaatdor jismoniy yoki yuridik şaxs (fuqarolar, uy-joy egalarining şirkatlari, mahallalar, korxonalar v.b.) öz taşabbusi bilan daraxtlarning davlat kadastri yuritilişini taşkillaştiriş va davlat röyxatidan ötkaziş imkoniyatiga ega bölişi lozim. 

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga muvofiq, köp yillik dov-daraxtlar köçmas mulk sifatida e'tirof etilgan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari töğrisida”gi Qonunning 13-moddasida köçmas mulk hisoblangan barça kadastr obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş majburiyligi belgilangan.

Murojaat muallifining yozişiça, amaldagi qonunçilikdan unumli foydalangan holda, hududlardagi daraxtlarning davlat kadastrida röyxatdan ötkaziş tizimini yölga qöyiş lozim. 

Uşbu tizimning yölga qöyilişi daraxtlarni himoya qiliş böyiça quyidagi özgarişlarga: 

- daraxtlar aniq hisobining yuritilişiga va inventarizatsiya qilinişi; 
- daraxtlarga bölgan muayyan egalik huquqining mustahkamlanişi va noqonuniy kesilişdan himoyalanişi; 
- daraxtlarni himoya qiliş böyiça mas'ul davlat organlari va fuqarolar bilan muvofiqlaştirilgan munosabatning yuzaga kelişi; 
- daraxtlarga zarar yetkazilganda yoki kesilganda örnini qoplaş böyiça da'volarning asosli bölişiga olib keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq pensiya miqdorini yoşga qarab belgilaş taklif etilgandi.