Vladimir Putin “Valday” munozaralar klubida iştirok etib, ekspertlar savollariga javob qaytardi. Quyida uning ayrim javoblari bilan tanişişingiz mumkin.

Kerçdagi fojia haqida

Putin Kerçdagi kollejda sodir bölgan fojia globallaşuv natijasi ekanligini aytdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda, internetda tölaqonli jamiyatlar tuzilganini körib turibmiz, hammasi Qöşma Ştatlardagi maktablardagi fojiali voqealardan boşlangan”, — dedi Rossiya prezidenti.

U internetda yoşlar uçun kerakli ma'lumotlar judayam kamligini va şuning uçun uning örnini salbiy narsalar egallaganligini qayd etdi.

“Ruhiyati barqaror bölmagan yoşlar qandaydir soxta qahramonlarga taqlid qilişmoqda, bu esa barçamiz, nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda özgarişlarga yetarliça e'tibor bermayotganligimizdan dalolat beradi”, — ta'kidladi Putin.

Yadro quroli haqida

Putin yadro qurolining qöllanilişi butunjahon falokatiga teng ekanligini va Rossiya buning taşabbuskori bölmasligini ta'kidladi.

“Bu vaziyatda bizga qarşi yadro quroli qöllanilişini kutamiz”, — qayd etdi Rossiya prezidenti.

Uning sözlariga köra, Moskva faqatgina uning hududiga yadroviy zarba berilganida yadro qurolidan foydalanadi.

“Biz Rossiya hududiga hujum bölganiga işonç hosil qilganimizda, bu esa bir neça soniya içida aniq böladi, javob zarbasini beramiz. Bu biz tomonga kelayotgan zarba uçun tajovuzkorga javob böladi”, — ta'kidladi Putin.

U Rossiyaga qarşi kim yadroviy qurol işlatadigan bölsa “tajovuzkor qasosdan qoçib qutulolmasligini, u yöq qilib yuborilişini bilişi lozimligini” aytdi.

“Biz, tajovuz qurbonlari jannatga tuşamiz, ular esa tavba qilişga ham ulgurmasdan ölib ketişadi”, — qöşib qöydi Rossiya prezidenti.

Tramp bilan munosabatlar haqida

Putindan AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvi taassurotlari haqida ham söraşdi.

U muzokaralarni yöqqa çiqarişga urinişlarga qaramasdan, uçraşuv ijobiy ötganini qayd etdi.