Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2019 yil oxirigacha o‘ndan ortiq yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 2019 yil oxirigacha 13ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Norma portali muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga 103 mingdan ortiq talaba qabul qilingan.
2019 yil oxiriga qadar 13ta yangi oliy o‘quv yurti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 8ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi filiali, 22ta qo‘shma fakultet, 46ta qo‘shma ta'lim dasturini («double degree») tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda «Yangi mutaxassislar yangi iqtisodiyot uchun» mavzuida O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyaning 82ta va O‘zbekistonning 80ta oliygohi rektorlari qatnashmoqda. Forum yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida ta'lim sohasida hamkorlik bo‘yicha 134 memorandum, kelishuv va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Aziz Abduhakimovning aytishicha, kelgusida bunday ta'lim forumlari Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, XXR, Janubiy Koreya va Hindiston mamlakatlari bilan ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026