«Ayntraxt» futbolchisi Bundesliga o‘yinida penta-trik qildi
«Ayntraxt» hujumchisi Luka Yovich Germaniya chempionati 8-turidan o‘rin olgan «Fortuna»ga (7:1) qarshi o‘yinda 5ta gol urib, penta-trik qildi.
Ushbu muvaffaqiyatli bahsdan so‘ng 20 yoshli serbiyalik futbolchi bir qator ajoyib natijalar sohibi sifatida tarixga kiradigan bo‘ldi, xususan:
- Germaniya chempionatida eng yosh penta-trik muallifi maqomiga ega bo‘ldi (kecha uning 20 yoshga to‘lganiga roppa-rosa 300 kun bo‘lgan edi);
- chempionatning bir o‘yinida 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan «Ayntraxt» tarixidagi ilk futbolchiga aylandi;
- Bundesligada het-trik, poker va penta-trik qayd etgan ilk serbiyalik futbolchi bo‘ldi;
- liganing mavsum to‘purarlari ro‘yxatida «Borussiya D» hujumchisi Pako Alkaserni bitta golga ortda qoldirib, 7 ta gol bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Ma'lumot uchun, Yovich ikki mavsumdan buyon «Ayntraxt» safida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi «Benfika»ga tegishli. Serbiya termasi a'zosi o‘tgan mavsumda Frankfurt klubining barcha musobaqalardagi 27 o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol kiritgan edi.
Mavzuga oid
17:31 / 19.05.2024
Bundesligada noodatiy va noyob mavsum yakunlari. «Bavariya» hatto ikkinchi bo‘lolmadi
01:31 / 16.06.2023
Futbol va iqtisodiyot: Yevropa futboli pandemiya oqibatlarini yengib o‘tdi va o‘sishga qaytdi
14:39 / 08.04.2023
Angliyada chempionlik taqdiriga ta’sir qiluvchi to‘qnashuv, A Seriya va Bundesligada YeChL yo‘llanmasi uchun kurash. Hafta o‘yinlari anonsi
15:36 / 09.04.2022