Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Jamol Qoshiqchining o‘limi tufayli «keyingi qadamlarni» ko‘rib chiqmoqda
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, mamlakat rahbariyati saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi tasdiqlangani tufayli keyingi qadamlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Biz Jamol Qoshiqchining oilasiga, uning o‘limi haqidagi xabarlar tasdiqlangani sababli, chuqur ta'ziya bildiramiz. Biz Saudiya hukumatining hisobotini va o‘zimizning keyingi qadamlarimizni o‘rganyapmiz», - deya ma'lum qilishgan vazirlik vakillari.
Shuningdek, xabarda vazirning so‘zlarini keltirilgan. U aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligi haqida ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni bosh prokurori Saud al-Muajib jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha ish yuzasidan 18 kishi qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
22:32 / 26.06.2026