Kerçdagi kollejdagi fojia oqibatida jabrlanganlardan birining tanasidan jarrohlik operatsiyasi davomida mixlar va boltlar çiqarib olindi. Bu haqda Rossiya soğliqni saqlaş vazirligida ma'lum qilingan.
Jabrlanuvçi Kerçdan Moskvaga yetkazilgan va A.Vişnevskiy nomidagi institutda keçki vaqt operatsiya qilingan.
17 oktabrda Kerç politexnika kolleji talabasi Vladislav Roslyakov özi ta'lim olgan öquv muassasasida otişma va portlaş sodir etgan, söngra öz joniga qasd qilgan. Fojia oqibatida 21 kişi, jumladan 16 nafar talaba va 5 nafar kollej xodimi halok bölgan, 50 dan köproq odam jarohat olgan. Oğir ahvolda bölgan 9 kişi Moskvaga yetkazilgan.
Ma'lum qilinişiça, kollejda portlatilgan qurilma metall bölaklar bilan töldirilgan bölgan.

















