Kerç böğozida qölga olingan ukrainalik dengizçilar Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisovaning şaxsiy kafilligi ostida qöyib yuborilişi mumkin. Bu haqda ekipaj a'zolarining advokati Nikolay Polozov ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, dengizçilar oktyabrga qadar ozod qilinişi mumkin.

Advokatning aytişiça, Kiyev FXX tergov boşqarmasiga dengizçilar vatanlariga qaytganidan söng sud va tergov harakatlarida qatnaşişiga yozma kafolat bergan. Agarda sörovnoma qondirilsa, ekipaj a'zolari ozod qilinadi.

Diplomatik doiradagi manbalardan birining aytişiça, Rossiya tomoni qölga olingan dengizçilarni qöyib yuborişga tayyor.