2018 yilda Kerç böğozidagi voqea vaqtida Rossiya tomonidan uşlangan ukrain harbiy kemalari 18 noyabrda Ukrainaga topşiriladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Şu munosabat bilan, Rossiya çegarasini buzgan kemalar – “Berdyansk”, “Nikopol” katerlari va “Yani Kapu” buksiri Kerç böğozidagi portni tark etgan.

Ukraina bilan erişilgan kelişuvga köra, kemalar 18 noyabrda soat 12 atrofida Takil burni yaqinidagi neytral hududda topşiriladi.

2018 yil 25 noyabrda Ukraina harbiy kemalari Qora dengizdan Azov dengiziga ötiş vaqtida Rossiya suv hududlari orqali ötiş tartibini buzgan. Ularni töxtatiş uçun qurol qöllangan. Kemadagi 24 harbiy hibsga olingan.  

2019 yil avgust oyi oxirida Rossiya va Ukraina örtasida asirlar almaşiş haqidagi kelişuvga köra, ukrainalik dengizçilar vatanlariga qaytarilganlar.