Özbekiston Milliy gvardiyasi qömondoni Bahodir Toşmatov va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qöşinlari federal xizmati direktori Viktor Zolotov idoralararo hamkorlik töğrisida bitimni imzoladilar. Bu haqda RF Milliy gvardiyasi qöşinlari federal xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
«Armiya generali Viktor Zolotov va Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni general-leytenant Bahodir Toşmatov Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qöşinlari federal xizmati hamda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan örtasida hamkorlik töğrisida bitimni imzoladilar», – deyiladi xabarda.
Imzolangan hujjatni almaşiş marosimi Rossiya va Özbekiston davlat rahbarlarining iştirokida bölib ötdi.
Idoralar örtasidagi bitim jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta'minlaş, muhim davlat obektlarini qöriqlaş, terrorizm bilan qarşi kuraş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Imzolangan bitim bilan qöşma maşqlar va maşğulotlarni ötkaziş, favqulodda vaziyatlarda va terrorçilik tahdidlarida jamoat tartibini saqlaşni ta'minlaş böyiça tadbirlar töğrisida ma'lumot almaşiş, tajriba almaşiş, maslahatlaşuvlar, seminarlar, konferensiyalar va öquv-uslubiy yiğinlar, sport va madaniy aloqalarni rivojlantiriş böyiça tadbirlarni taşkil etiş nazarda tutilgan.
Bitim moddiy-texnik ta'minot, ilmiy-tadqiqot faoliyati va axborot tizimlarini rivojlantiriş işlarini takomillaştiriş böyiça hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilaydi.
Özbekiston va Rossiya örtasida qanday hujjatlar imzolandi? (batafsil)
















