Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinga O‘zbekistonda hamrohlik qilgan jurnalistlarning har biriga mashina va tansoqchi ajratildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifini yoritish uchun kelgan rossiyalik jurnalistlarning har biriga hamrohlik qiluvchi shaxsiy mashina ajratildi, u ularga shaharni ko‘rsatgan, bozorlar va boshqa joylarga olib borgan.
MK ma'lumotlariga ko‘ra, bunday e'tibor kuchaytirilgan xavfsizlik choralari va har bir ommaviy axborot vositasi vakili uchun shaxsan javobgar bo‘lish bilan izohlanadi. Natijada, har besh daqiqada tansoqchilar jurnalist qayerda ekani, rejalari qandayligi va u bilan hammasi joyida ekani haqida rahbariyatga hisobot berib borgan.
«Darvoqe, Toshkent juda tinch shahar; kechalari faqat bedana tutuvchilarni uchratish mumkin. Har bir fuqaro «Xush kelibsiz», deydi. Bozorlarda esa hurmat belgisi sifatida sizga sovg‘a berishga harakat qilishadi», - deya ta'kidlaydi nashr.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-19 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Putinni jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi deb atagandi.
Mavzuga oid
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
12:57 / 24.03.2026